

Tajribali futbolchining fikricha, bu texnologiya futbolning asl jozibasini o'ldirmoqda.
- Sizga VAR tizimi yoqadimi?
- "Yoqmaydi. Menga futboldagi hissiyotlar va ularning tabiiyligi yoqadi. Shuningdek, futbolchilar tomonidan yo'l qo'yiladigan xatolar ham o'yinning bir qismi. Hakamlar ham xato qilishi mumkin - buni qabul qilishni o'rganish kerak. Mukammallikka erishib bo'lmaydi.
Menga ehtiroslar yoqadi, VAR esa bizni ularning bir qismidan mahrum qildi. Zamonaviy futbol VAR, golni avtomatik aniqlash tizimi va boshqa choralar paydo bo'lishi bilan o'zgardi. Lekin futbol basketbol yoki boshqa sport turi emas: golni nishonlash mumkinmi yoki yo'qligini bilish uchun uch daqiqa kutib turish noto'g'ri", - dedi xorvatiyalik yulduz.



