Belgiya chempionati uchrashuvida muxlislar maydonga yumshoq o'yinchoq otishdi (+FOTO)

Aslanov Jasurbek
5 dek 2017, 12:48
"Sharlerua"ni qo'llab-quvvatlovchi "Storm Ultras 2001" guruhi o'yin boshlanishidan oldin darvoza oldiga yuzlab yumshoq o'yinchoqlar otishdi.

Ushbu voqea tufayli "Sherlerua" hamda "Ostende" o'rtasidagi bahs starti vaqtini kechroqqa qoldirishga sabab bo'ldi. Ammo na hakamlar va na futbolchilar etiroz bildirishdi. Bu yumshoq o'yinchoqlar kam taminlangan va kambag'al oilalar uchun mo'ljallangan edi.

"Sharlerua" muxlislari ketma-ket ikkinchi yil "Ayiqcha Teddi" akciyasini o'tkazishmoqda. Uloqtirilgan o'yinchoqlar qiyinchilikka kam taminlangan va kambag'al oilalar farzandlariga sovg'a qilinadi.

"Sharlerua" hamda "Ostende" o'rtasidagi bahs esa 1:1 hisobida yakunlandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail