

Futbolchi nima uchun "Bavariya"da ham PSVdagi kabi 34-raqamni tanlaganiga izoh berdi:
- "34" raqami men uchun alohida manoga ega. Bu 2017 yilgi o'yinda maydonga yiqilgan yaqin do'stim Abdulhaq Nuriga ehtirom ramzidir.
- U tirik qoldi, biroq o'sha voqeadan beri mustaqil harakatlana olmaydi. Uni qo'llab-quvvatlashimni ko'rsatish uchun aynan "34" raqamni tanladim, chunki bu uning futbolchi sifatida kiygan eng so'nggi libosi edi.
Ma'lumot uchun, 2017 yilning iyul oyida bo'lib o'tgan "Ayaks" - "Verder" o'rtoqlik uchrashuvida Nuri to'satdan maydonga yiqilgan. Shifokorlar qariyb 20 daqiqa davomida uning hayotini saqlab qolish uchun kurashishgan. Tekshiruvlardan so'ng, aritmiya oqibatida yuzaga kelgan yurak to'xtashi Nurining miyasida jiddiy va qayta tiklanmas shikastlanishga olib kelgani aniqlangan.




