"Bavariya" prezidenti: "Real" Olisega taklif yuborib, bezovta bo'lib o'tirmasin"

Sherzod Nurmatov
8 iyun 2026, 16:40
"Bavariya" prezidenti Gerbert Xayner "Real"ning Maykl Olisega bo'lgan potencial qiziqishi haqida fikr bildirdi.

Avvalroq "qirollik klubi" vinger uchun 150 million evro taklif qilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

"Olise "Bavariya" futbolchisi va klub bilan uzoq muddatli shartnomaga ega. Biz sotadigan klub emasmiz. Agar Florentino Peres bizga taklif yubormoqchi bo'lsa, shart emas, bezovta bo'lib o'tirmasin", – dedi Xayner.

2.jpg

Olise "Bavariya"da 2024 yilning yozidan beri o'ynab kelmoqda. U 2025/26 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 52 o'yinda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 31 ta golli pas uzatdi. Futbolchining Myunxen klubi bilan shartnomasi 2029 yil iyun oyining oxirigacha amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Bayern & Germany