

Taniqli insayder va jurnalist Fabricio Romanoning ma'lum qilishicha, "Ayaks" futbolchisi Rayan Gravenberx bugun "Bavariya"da tibbiy ko'rikdan o'tgan. Myunxenliklar 20 yoshli futbolchi bilan 2027 yilgacha shartnoma imzolashgan. Ushbu kelishuv tez orada rasman e'lon qilinadi.
Shuni qo'shimcha qilish lozimki, "Bavariya" ayni damda "Leyptsig" futbolchisi Konrad Laymer transferi ustida ishlamoqda.



