"Barselona" yulduzi Saudiya Arabistonidan tushgan yirik taklifni rad etdi

Sherzod Nurmatov
6 apr 2026, 17:40
"Barselona" yarim himoyachisi Dani Olmo nafaqat moliyaviy foyda, balki futbol buyukligiga intilish uning ustuvor vazifasi ekanligini ko'rsatdi.

Alfredo Martinesning so'zlariga ko'ra, Saudiya Arabistonining "Al Qodisiya" jamoasi ispaniyalik xavbek uchun "Barselona"ga 60 million evro taklif qilib, transfer bozorini larzaga solishga tayyor edi.

Saudiya arabistoniliklar futbolchiga yillik maoshi 9,5 million evro bo'lgan taklif bilan chiqdi, bu uning Kataloniya poytaxtidagi hozirgi maoshidan ancha yuqori. Biroq jozibali raqamlarga qaramay, Olmo bu taklifni qatiyan rad qildi.

Ispaniyalik yarim himoyachi joriy mavsum "Barselona" tarkibida barcha musobaqalarda 39 o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 8 ta golli pas uzatdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Barca Universal