"Barselona" yozda yana bir yarim himoyachisi bilan xayrlashadi

Omonjon To`xtamirzayev
4 apr 2024
"Barselona" yarim himoyachisi Oriol Romeu mavsum yakunlangach, klubdan ketadi.

Ispaniyalik o'tgan yil yozida kataloniyaliklar safiga qaytgandi, ammo yaqin orada jamoani tark etadigan ko'rinadi. Jurnalist Matteo Morettoning ma'lumot berishicha, "Barselona" yozda 32 yoshli tayanch yarim himoyachisi bilan xayrlashadi. Oriol Romeu joriy mavsum 32 uchrashuvda maydonga tushdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 

Futbolchining amaldagi shartnomasi 2026 yil yoziga qadar mo'ljallangan. "Barselona"ga kelishdan avval Romeu "Jirona" sharafini himoya qilgan va bazi ma'lumotlarga ko'ra, jironaliklar xavbekni qaytarish variantiga qiziqish bilan qaramoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Маттео Моретто