"Barselona" sobiq ustozi "Atlanta" bosh murabbiyi etib tayinlandi

Sherzod Nurmatov
7 noya 2025
MLS klubi "Atlanta Yunayted" Xerardo Martinoni bosh murabbiy etib tayinlaganini e'lon qildi.

62 yoshli argentinalik mutaxassis 2027 yilgi mavsum oxirigacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

Martino 2017 yilda klubning birinchi murabbiyi bo'lib ishlagan va "Atlanta"ga 2018 yilda MLS Kubogini yutishga yordam bergan. Bu muvaffaqiyat Martinoga 2018 yilda MLS'ning "Yil murabbiyi" mukofotini keltirgan.

Martino 2023 yildan 2024 yilgacha Lionel Messining "Inter Mayami" jamoasiga murabbiylik qilgan. Faoliyati davomida u "Barselona", shuningdek, Argentina, Paragvay va Meksika terma jamoalarida ishlagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN