

Vitoriyadagi "Mendisorrosa" stadionida kechgan uchrashuvni bosh hakam Xose Sanches Martines boshqarib bordi. O'yinda mezbonlar 1:0 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritishdi.
Uchrashuvdagi yagona gol 45+1-daqiqada "Alaves" hujumchisi Ibraim Dyabate tomonidan kiritildi.
“Alaves” - “Barselona” 1:0
Gol: Dyabate 45+1.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" o'tgan turda muddatidan oldin Ispaniya chempionligini hal qilgan edi. Jamoa 36 o'yindan so'ng 91 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Alaves" esa 40 ochko bilan 15-o'rinda bormoqda.



