La Liga. "Barselona" o'z uyida "Betis"ga 3 ta gol urdi

18 may 2026, 02:20
La Liga 37-tur doirasidagi "Barselona" - "Betis" o'yini bo'lib o'tdi.

Rafinya 28 va 62-daqiqalarda gol urib, jamoasining ishonchli hisobda oldinga borishini taminladi. So'ngra mehmonlar yarim himoyachisi Isko 69-daqiqada penaltini golga aylantirdi. Ammo, 5 daqiqa o'tib kataloniyaliklar himoyachisi Joau Kanselu raqib darvozasini ishg'ol qilib, o'yinga nuqtani qo'ydi.

La Liga g'olibiga aylangan “Barselona” 37 o'yinda 94 ochko jamg'argan, “Betis” esa 57 ochko bilan beshinchi o'rinda joylashgan. Jamoa kelasi mavsumda YCHLda ishtirok etadi.


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia