"Barselona" Gamper kubogi uchun kechgan o'yinda Misrning "Al Ahli" klubini mag'lub etdi

Administrator
20 avg 2026, 01:43
Mavsumoldi turniri - Gamper kubogi doirasidagi Ispaniyaning "Barselona" va Misrning "Al Ahli" jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik o'yini yakunlandi.

Uchrashuv Barselonadagi "Spotify Kamp Nou" stadionida bo'lib o'tdi. Bahsda "ko'k-anorranglilar" 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi.

Hisobni 30-daqiqada kataloniyaliklar hujumchisi Hamza Abdelkarim ochdi. Birinchi taym oxirida, 45-daqiqada vinger Rafinya "Barselona"ning ustunligini oshirdi. Ikkinchi taymda, 51-daqiqada "Al Ahli" yarim himoyachisi Zizo o'z jamoasining bitta javob golini urdi.

“Barselona” - “Al Ahli” (Misr) 2:1
Gollar:
Abdelkarim 30, Rafinya 45 - Zizo 51.

Eslatib o'tamiz, Joan Gamper kubogi - "Barselona" tomonidan har yili tashkil etiladigan ananaviy o'rtoqlik turniridir. Ushbu kubok ilk bor 1966 yilda kataloniyaliklar prezidenti Enrike Lodet tashabbusi bilan o'ynashilgan. Mukofot "Barselona" asoschisi, afsonaviy prezident Joan Gamper sharafiga nomlangan.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia