Barcali: "De Ligt dunyoning eng zo'r markaziy himoyachisi bo'ladi"

Alisher
2 avg 2021
Italiya terma jamoasi va "Yuventus" sobiq himoyachisi Andrea Barcali Turin klubi himoyachisi Matteys de Ligt haqida gapirdi.

"Shubhasiz, u bir necha yildan so'ng dunyodagi eng zo'ri bo'ladi. Unda ajoyib mentalitetdan boshlab, buning uchun barcha narsa bor.

Unda haqiqatdan ham mutlaq top-o'yinchi bo'lish uchun barchasi bor, ammo unga o'sish uchun vaqt berish kerak", - deydi Barcali.

Eslatib o'tamiz, de Ligt 2019 yilda "Yuventus"ga "Ayaks"dan 85,5 mln evro evaziga o'tgandi. Futbolchi o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 27ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Football Italia