FIFA vice-prezidenti Xyuitt Infantinodan Balogunning JCHdagi diskvalifikaciyasi bekor qilingani sabablarini tushuntirishni talab qildi

Sherzod Nurmatov
18 sen 2026, 14:50
Angliya futbol assotsiatsiyasi rahbari va Xalqaro futbol federatsiyasi vice-prezidenti Debbi Xyuitt FIFA rahbari Janni Infantinodan Jahon chempionatida AQSH terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogunning diskvalifikaciyasi nima sababdan bekor qilingani bo'yicha izoh so'radi.

Manbaning xabar berishicha, Xyuitt Infantinoga JCHni o'tkazish huquqlarining bir qismini sotish rejalariga doir hujjatlarni oshkor qilish iltimosi bilan ham murojaat etgan. FIFA vice-prezidentining Infantinodan tashqari federatsiya bosh kotibi Mattias Grafstryomga ham yuborilgan maktubida tashkilotdagi korporativ madaniyatning buzilishi va samarasiz boshqaruv borasidagi ayblovlar ilgari surilgan. Infantino FIFA kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tadigan 15 oktyabrga qadar Xyuittning so'roviga yozma javob taqdim etishi shart.

JCH-2026 vaqtida FIFA Intizom qo'mitasi Bosniya va Gertsegovinaga qarshi 1/16 final bahsida (2:0) qizil kartochka olgan AQSH terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogunning diskvalifikaciyasini to'xtatib turgandi. Shundan keyin futbolchi Belgiyaga qarshi kechgan 1/8 final o'yinida (1:4) maydonga tusha oldi.

2.jpg

Iyul oyida Infantino tashkilotning asosiy erkaklar va ayollar turnirlarini nazorat qiluvchi FIFA Forward Enterprise kompaniyasini tuzishni rejalashtirgandi. Bundan tashqari, u Jahon chempionatlarini o'tkazish huquqlarining bir qismini xususiy investorlarga sotish taklifini ham ilgari surgandi. FIFA ushbu loyiha 4,2 milliard dollar mablag' jalb qilishi mumkinligini bildirgandi. Biroq mazkur tashabbusga UEFA, KONKAKAF, OFK va KONMEBOL qarshi chiqdi.

Keyinchalik 56 yoshli FIFA rahbari bu loyihadan voz kechdi. Shunga qaramay, UEFA unga nisbatan ishonch yo'qolganini ma'lum qildi, ko'plab Yevropa mamlakatlari futbol federatsiyalari esa Infantinoni qo'llab-quvvatlashdan bosh tortdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC