Ballak: "Agarda "Bavariya" "Siti"dan o'ta olsa, boshqa raqiblaridan qo'rqmasa ham bo'ladi"

Mirjalol Normatov
11 apr 2023
"Bavariya"ning sobiq futbolchisi Mixael Ballak myunxenliklarning YCHL g'alabasidagi imkoniyatlarini yuqori baholamoqda.

"Agarda "Bavariya" o'zining kuchli sifatlarini ishlata olsa, "Siti"ni mag'lub eta oladi. Ular "Manchester Siti"ni o'zidan yuqori jamoa sifatida ko'rmasligi kerak. "Bavariya" - bu "Bavariya", ulardan butun dunyo qo'rqadi. Hech kim "Bavariya" bilan o'ynashni istamaydi.

Ayni damda YCHLni yutish uchun "Bavariya" bilan teng kuchli jamoani ko'rmayapman. Jamoa PSJni turnirdan chiqarib yubordi. Endi "Manchester Siti" ham mag'lub etilsa, boshqa raqiblardan qo'rqmasa ham bo'ladi", - dedi Ballak.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Kicker