Bahodir Nasimov "Navbahor" bilan bir yillik shartnoma tuzadi

Narzulla Saydullayev
14 fev 2019
O'zbekistonlik hujumchi faoliyatini yana yurtimizda davom ettiradi.

O'tgan mavsumni Ozarbayjonning "Keshla" klubida o'tkazgan Bahodir Nasimov ayni paytda "Navbahor" klubi safida mashg'ulot o'tkazmoqda. "Lochinlar" Turkiyadagi yig'inni yakunlab qaytgach Nasimov bilan 1 yillik shartnoma tuzishadi. 

Aslida futbolchining "Keshla" bilan yozgacha shartnomasi bor edi. Ammo ikki tomon kelishgan holda uni bekor qilishdi. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia