

Mehmonlarning o'zbekistonlik yarim himoyachisi Otabek Shukurov o'yinni asosiy tarkibda boshladi va 66-daqiqada zaxiraga olindi.
O'yin esa “Xorfakkan”ning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Qayd etish kerakki, bahsning 90+3 daqiqasida har ikkala jamoadan bir nafardan o'yincha maydondan chetlatildi.
“Bani Yas” BAA chempionatida 21 o'yindan so'ng 21 ochko jamg'argan holda o'ninchi o'rinda bormoqda.




