BAA Pro ligasi. "Bani Yas" o'z maydonida "Al Vasl"ni mag'lub etdi, Shukurov zaxiradan o'yinga qo'shildi

Alisher Ostonov
8 mar 2026
BAA Pro ligasi 16-tur doirasidagi "Bani Yas" - "Al Vasl" o'yini bo'lib o'tdi.

Mezbonlarning o'zbekistonlik yarim himoyachisi Otabek Shukurov 77-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Bahs 2:0 hisobida "Bani Yas" foydasiga hal bo'ldi.

"Bani Yas" BAA Pro ligasida 18-turdan so'ng 17 ochko jamg'argan holda o'n ikkinchi, "Al Vasl" esa 30 ochko bilan beshinchi o'rinda bormoqda.


7 mar 2026, 22:30
Bani Yas — Al Wasl
2 – 0
Tugadi






Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia