Azizbek Amonov va Filip Ivanovich OCHL 2-tur ramziy jamoasidan joy olishdi

Sherzod Nurmatov
6 okt 2023
OFK o'z talqiniga ko'ra Osiyo Chempionlar Ligasi 2-turida o'zini ko'rsatgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani shakllantirdi.

Undan "Al Sadd" bilan o'yinda dubl qayd etib, jamoasiga g'alabasiga munosib hissa qo'shgan "Nasaf" hujumchisi Azizbek Amonov hamda "Mumbay Siti" yirik hisobda mag'lub etilishida katta hissa qo'shgan va himoyani mustahkam ushlagan "Navbahor" futbolchisi Filip Ivanovich o'rin olishdi.


 

Eslatib o'tamiz, OCHL 3-tur bahslari 23 oktyabrdan davom ettiriladi. O'zbek klublari quyidagi uchrashuvlarda qatnashishadi:

23 oktyabr: OKMK – "Sepaxon" (Eron)

23 oktyabr: "Navbahor" – "Nassaji" (Eron)

23 oktyabr: "Sharja" (BAA) – "Nasaf" 

24 oktyabr: "Paxtakor" – "Axal" (Turkmaniston)


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: the-afc.com