"Manchester Yunayted" "Borussiya" yarim himoyachisiga qiziqmoqda, transfer 120 million evroga baholanmoqda - Bild

9 iyul 2026, 16:55
"Manchester Yunayted" Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Feliks Nmechani sotib olish harakatlarida qiyinchiliklarga duch keldi.

Qizil iblislar" 25 yoshli futbolchiga asosiy da'vogarlardan biri bo'lib turibdi, biroq uning transferiga "Nyukasl" ham qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi Bild nashri.

Manbaning ma'lum qilishicha, "arilar" Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi uchun kamida 120 million evro olmoqchi. Shu bilan birga, futbolchining Transfermarkt portalidagi bahosi ancha past - 50 million evroni tashkil etadi.

Feliks Nmecha o'tgan mavsumda dortmundliklar safida 42 ta o'yinda maydonga tushib, beshta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Igrokning klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

gettyimages-2284365614-2048x2048.jpg

O'xshash yangiliklar


Manba: Bild