Azizbek Amonov: "Birinchi bo'limda gol urib olganimizda o'yin tubdan o'zgarib ketgan bo'lardi"

Абдулвосит Бектемиров
8 iyun 2026, 08:11
O'zbekiston MTJ a'zosi Azizbek Amonov bugungi Nyu-Yorkdagi mashg'ulotlardan oldin saytimizga kichik intervyu berdi.

- Jahon chempionatidagi dastlabki uchrashuvimizga 10 kun vaqt qoldi. Hozirgi kunda kiyinish xonasidagi atmosfera qanday?

- Atmosfera ajoyib. Jahon chempionatiga jiddiy tayyorgarlik ko'ryapmiz. Ruhan ham jismonan tayyormiz.

- Kanadaga qarshi o'yin haqida gapirib o'tsangiz. Murabbiylar o'yindan so'ng nimalar dedi? O'yin kunidagi sovuq ob-havo qanchalik ta’sir qildi?

- O'yindagi xato kamchiliklarni ko'rib chiqdik. Agar imkoniyatlarimizdan to'g'ri foydalanganimizda boshqacha hisob qayd etilgan bo'lardi. Birinchi bo'limda gol urib olganimizda o'yin tubdan o'zgarib ketgan bo'lardi. Endi keyingi uchrashuvlardagi realizaciyani yaxshilab olamiz.

- MTJning uzoq davom etgan va Toshkentda boshlangan yig'ini ham o'zining so'nggi bosqichiga yaqinlashib qoldi. Allaqachon AQSHga yetib kelgansizlar. JCHga oz vaqt qolgan pallada raqiblarni ham o'rganishni boshladingizlarmi? Kolumbiya yaqinda Kosta-Rikani mag'lub etdi. Ushbu uchrashuvni tahlil qildingizlarmi?

- Birinchi o'rinda Niderlandiya terma jamoasini o'rganib chiqdik. Ertangi raqibimizdan so'ng Kolumbiyani tahlil qila boshlaymiz.

- Guruhimizda keyingi bosqichga chiqish ehtimoli eng kam bo'lgan jamoa hisoblanyapmiz. Ko'pchilik O'zbekistonni jiddiy raqib sifatida hisoblamayotgani, yani guruhdagi boshqa jamoalarga qaraganda bosimning deyarli yo'qligi sizlarga qanchalik maqul kelmoqda?

- Biz maydonda maksimal harakat qilamiz. Futbol "syurpriz"larga boy. Xalqimizni xursand qilishga maksimal harakat qilamiz. Vazifani uddalaymiz deb o'ylayman.

O'xshash yangiliklar


Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: championat.asia