AZ Avstraliya terma jamoasi darvozaboni bilan shartnoma tuzdi

Sherzod Nurmatov
10 yanv 2023
AZ Avstraliya termasi va "Kopengagen" posboni Metyu Rayan bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

Kelishuv summasiga aniqlik iritilmagan. 30 yoshli futbolchi Niderlandiya klubi bilan 2024 yilning iyun oyi oxirigacha shartnoma imzoladi va 1-raqam ostida o'ynaydi.

Rayan joriy mavsum "Kopengagen" safida 11 ta o'yinda maydonga tushdi va 5 ta o'yinda 12 ta gol o'tkazib yubordi. 2022 yilgi Jahon chempionatida darvozabon Avstraliya terma jamoasi bilan 1/8 finalgacha yetib borgan va jamoaning barcha 4 ta uchrashuvida ishtirok etgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Oranje