Yevropa Ligasi va Konferenciyalar Ligasiga qur'a tashlandi: Behruz Karimov jamoasi "Kopengagen" va "Xetafe" bilan o'ynaydi

Sherzod Nurmatov
28 avg 2026, 17:51
Yevropa Ligasi va Konferenciyalar Ligasining 2026/2027 yilgi mavsumi umumiy bosqichiga qur'a tashlash marosimi yakunlandi.

Har bir jamoaning raqiblari kompyuterlashtirilgan qur'a orqali aniqlandi. Musobaqada jami 36 ta klub ishtirok etadi. Ularning barchasi o'z reytingiga ko'ra to'rtta savatchaga (har birida to'qqiztadan jamoa) taqsimlandi. Umumiy bosqichda har bir jamoa sakkizta o'yin o'tkazadi (to'rttasi o'z maydonida, to'rttasi mehmonda).

2026/2027 yilgi mavsum Yevropa Ligasi umumiy bosqichi qur'a natijalari:

15.jpg16.jpg17.jpg18.jpg19.jpg20.jpg21.jpg22.jpg

Yevropa Ligasining amaldagi g'olibi Angliyaning "Aston Villa" klubi hisoblanadi. O'tgan mavsum finalida birmingemliklar Germaniyaning "Frayburg" klubini mag'lub etishgan edi. Final uchrashuvidagi yakuniy hisob - 3:0.


Shuningdek, Konferenciyalar Ligasining 2026/2027 yilgi mavsumi umumiy bosqichiga qur'a tashlash marosimi yakunlandi. Raqiblar Monakoda bo'lib o'tgan kompyuterlashtirilgan qur'a yordamida aniqlandi. Klublar reyting bo'yicha oltita savatchaga (har birida oltitadan jamoa) taqsimlandi. Umumiy bosqichda har bir jamoa oltita o'yin o'tkazadi (uchtasi o'z maydonida, uchtasi mehmonda).

O'zbekiston termasi himoyachisi Behruz Karimov to'p tepadigan “Lugano” jamoasi umumiy bosqichda “Crvena Zvezda” (Serbiya), “Kopengagen” (Daniya), “Sent-Tryuyden” (Belgiya), “Xetafe” (Ispaniya), "Kauno Jalgiris" (Litva) va “Yablonec” (Chexiya) bilan bahs yuritadigan bo'ldi.

35.jpg36.jpg37.jpg38.jpg39.jpg40.jpg41.jpg

UEFA Konferenciyalar Ligasining amaldagi g'olibi hal qiluvchi o'yinda "Rayo Valekano"ni 1:0 hisobida mag'lub etgan "Kristal Pelas" hisoblanadi. Bungacha mazkur sovrinni "Roma", "Vest Xem Yunayted", "Olimpiakos" va "Chelsi" klublari ham qo'lga kiritgan edi.

Konferenciyalar Ligasining 2026/2027 yilgi mavsumi finali 2 iyun kuni Istanbuldagi "Beshiktosh" stadionida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia