"Atletiko" himoyachisi "Real"ga qarshi o'yinda bosh miyasidan jarohat oldi

Sherzod Nurmatov
2 okt 2024
"Atletiko" markaziy himoyachisi Robin Le Norman "Real"ga qarshi La Liganing 8-tur uchrashuvida miyasidan jarohatlandi.

Bu haqda "matraschilar" matbuot xizmati xabar berdi.



Le Norman 1:1 hisobida yakunlangan yakshanba kungi o'yinda so'nggi daqiqalarda "Real" yarim himoyachisi Orelen Chuameni bilan to'qnashib ketdi.

Futbolchining tiklanish muddati e'lon qilinmagan. Le Norman joriy mavsumda "Atletiko" tarkibida 8 ta o'yin o'tkazdi.

27 yoshli himoyachi yaqinda Madridning "Atletiko" klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Ilgari u Ispaniyaning "Real Sosedad" va Fransiyaning "Brest" jamoalarida o'ynagan o'ynagan. Shuningdek, Le Norman Ispaniya terma jamoasi tarkibida Yevropa chempioni va Millatlar Ligasi g'olibiga aylangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC