"Atalanta" forvardi Sapata faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin

Alisher
12 may 2021, 18:32
"Atalanta" hujumchisi Duvan Sapata faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

Manbaning xabariga ko'ra, 30 yoshli kolumbiyalik futbolchiga Londonning "Vest Xem" klubi qiziqish bildirmoqda.

Angliya klubi futbolchining transferi borasida "Atalanta"ga so'rov yubordi.

Sapata joriy mavsum "Atalanta" tarkibida 45ta o'yinda maydonga tushib, 18ta gol va 12ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Eurosport