Ashraf Xakimi PSJ - "Bavariya" o'yiniga 4 ta so'z bilan izoh berdi

Aslanov Jasurbek
29 apr 2026, 13:21
"Pari Sen-Jermen" himoyachisi Ashraf Xakimi YCHL yarim finali ilk bahsida "Bavariya" ustidan qozonilgan o'ta qiyin g'alabadan (5:4) so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Parijdagi "Park de Prens" stadionida kechgan gollarga boy uchrashuvdan keyin marokashlik futbolchi o'zining "X" (sobiq Twitter) sahifasida qisqa xabar qoldirdi:

"Ish hali tugagani yo'q", - deb yozdi Xakimi.

Ushbu jamoalar o'rtasidagi Chempionlar ligasi yarim final javob uchrashuvi 6 may kuni Myunxenda bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: https://x.com/AchrafHakimi