

- O'yin haqida fikringiz?
- Birinchi navbatda barcha "Navbahor" muxlislarini chiroyli g'alaba bilan tabriklayman. O'z maydoningda o'ynar ekansan, boshqa muhit, boshqacha futbol bo'ladi. Bugun chiroyli o'yin namoyish etgan holda g'alaba qozondik. Muxlislar qo'llashi ham ajoyib bo'ldi. Yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik va maqsadimiz muxlislarni xursand qilish edi. Rejalar ish berdi va buyog'iga keyingi o'yinga hozirlik ko'ramiz.
- Jahon chempionati tufayli yuzaga kelgan tanaffusdan keyin jamoangiz boshqacha o'yin namoyish eta boshladi. Shu haqda fikringiz?
- Har bir o'yinimizni tahlil qilgan holda mashg'ulotlarda ishlab kelyapmiz. Birinchi navbatda himoyachilarimizga aytar gapim: dadil o'ynash kerak. Chunki hujum avvalo himoyadan boshlanadi, shuni unutmasligimiz lozim. O'ylaymanki, natijalarimiz yanayam yaxshi bo'ladi. Bu borada ishlaymiz.



