Namanganda 12 yillik tarix qayta yozildi

Iskandarov Abdulaziz
2 avg 2026, 22:22
"Navbaho" hujumchisi Husayn Norchaev Superliganing navbatdagi turida "Xorazm"ga qarshi kechgan bahsda o'z nomini klub tarixiga muhrladi.

Iqtidorli forvard raqib darvozasiga ketma-ket 4 ta gol urib, o'yinda poker muallifiga aylandi.

Bu bilan Norchaev Namangan klubining 12 yillik tarixiy natijasini yangiladi. So'nggi bor "Navbahor" tarkibida Superliga uchrashuvida bir o'yinda 4 ta gol urish ko'rsatkichi 2014 yilda qayd etilgan edi. O'shanda ukrainalik hujumchi Ruslan Kachur o'z maydonida kechgan "Buxoro"ga qarshi bahsda (4:1) poker muallifiga aylangandi.

Oradan 12 yil o'tib, Husayn Norchaev "lochinlar" safida bir o'yinda 4 ta to'p kiritdi.

d35a3cb6-3ed5-408c-93bd-7d16c9091f4c.png

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia