PSJ Kolo-Muanining "Yuventus"ga o'tganini e'lon qildi

2 avg 2026, 22:18
PSJ Randal Kolo-Muanining "Yuventus"ga o'tganini e'lon qildi.

Ma'lum qilinishicha, 27 yoshli hujumchining umumiy transfer summasi 50 million evroni tashkil etgan. Francuz futbolchisi turinliklar bilan besh yillik shartnoma imzoladi.

Kolo-Muani 2024/25-yilgi mavsumning ikkinchi yarmida "Yuventus"da ijara asosida o'ynagan edi. Futbolchi o'tgan mavsumni "Tottenxem"da ijara asosida o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: psg.fr