"Arsenal" va "Chelsi" A Seriya yulduzi uchun kurashda "Liverpul"ni ortda qoldirmoqda

Omonjon To`xtamirzayev
18 mar 2025, 18:57
Angliyaning uchta grandi "Inter"ning fransiyalik forvardi Markus Tyuram xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Qayd etilishicha, futbolchini "Arsenal," "Chelsi" va "Liverpul" o'z safiga qo'shib olmoqchi. Francuz uchun kurashda aynan London klublari yetakchilik qilmoqda.

Tyuram kelishuvida sotib olish bandi mavjud bo'lib, u 84 mln evroni tashkil etadi. "Inter" hujumchini saqlab qolmoqchi. Milanliklar futbolchini klubda olib qolish uchun "qo'lidan kelgan barcha ishni" qiladi.

Markus Tyuramning shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha amal qiladi. Fransiyalik hujumchi joriy mavsum "Inter" safida A Seriyada 28 ta o'yin o'tkazdi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Football Insider