Erling Xoland uchinchi o'ringa ko'tarilib oldi

10 sen 2026, 10:40
"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland klubning eng mahsuldor to'purarlari ro'yxatida uchinchi o'ringa ko'tarildi.

UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 1‑turidan o'rin olgan "Portu"ga qarshi o'yinda (2:0) dubl qayd etgach, norvegiyalik forvard hisobidagi gollar soni 167 taga etdi. Xoland "shaharliklar"ning sobiq hujumchisi Tommi Djonsonni (166 gol) ortda qoldirdi.

Klubning eng yaxshi to'purarlari ro'yxatining ikkinchi pog'onasida Erik Bruk bor - uning hisobida 177 ta zabit etilgan to'p mavjud. Reytingni esa "Siti"ning sobiq forvardi Serxio Aguero boshqarmoqda: u klub safida 260 ta gol urgan.

Erling Xoland 2022 yildan beri "Manchester Siti" sharafini himoya qilib kelmoqda. Norvegiyalik hujumchining klub bilan shartnomasi 2034 yilgacha mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta