"Arsenal" himoyachisi Saliba: "Men APLni yaxshi ko'raman, lekin asosiy maqsadim - Chempionlar ligasi"

Alisher Ostonov
25 dek 2025, 21:48
"Arsenal" himoyachisi Vilyam Saliba joriy mavsumda APL va Chempionlar ligasi g'olibligidan qaysi biri muhim ekanligini aytdi.

"Biz buni doim jamoadoshlarim bilan muhokama qilamiz. O'ylashimcha, APLni yaxshi ko'rishimga qaramay, men ko'proq xohlaydiganim - Chempionlar Ligasi. Chunki "Arsenal" hech qachon Chempionlar Ligasida g'olib bo'lmagan, bu esa mening sevimli turnirim. Ammo ikkalasini ham yutib olishimizga qarshi emasman”, - dedi Saliba.

"Arsenal" 17 o'yindan so'ng 39 ochko bilan APL 2025/26 yilgi mavsum turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Jamoa 2-o'rindagi "Manchester Siti"ni 2 ochkoga, 3-pog'onadagi "Aston Villa"ni 3 ochkoga ortda qoldirmoqda.

“Kanonirlar" Chempionlar ligasi umumiy turnir jadvalida 6 tur yakuniga ko'ra 18 ochko bilan 1-o'rinda bormoqda. Ikkinchi o'rin "Bavariya”ga tegishli (15 ochko).

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: CBS Sports