"Arsenal" asosiy futbolchisi bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi

Khoja
30 sen 2025
Vilyam Saliba "Arsenal" bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.

Kelishuv 2030 yilning yoziga qadar mo'ljallangan bo'lib, futbolchining maoshi yaxshigina oshirilgan.

Saliba 2022/23 yilgi mavsumdan buyon "kanonirlar" sharafini himoya qilib kelmoqda. Shu davr mobaynida u 140 o'yinda 7 gol va 3 assist qayd etdi.

Transfermarkt nashri 24 yoshli futbolchini 80 million evroga baholagan.


KhojaMuallif
Manba: championat.com