Argentina terma jamoasida 10-raqam hozircha bo'sh qoladi

6 noya 2026, 01:17
Argentina terma jamoasining noyabr oyidagi o'yinlarida 10-raqamli futbolkadan hech bir futbolchi foydalanmaydi.

TyC Sports nashri xabar berishicha, milliy jamoada so'nggi bor Lionel Messi kiygan 10-raqam hozircha boshqa futbolchiga berilmaydi. Jahon chempionati finalchisi bo'lgan Argentina terma jamoasi bu oyda Urugvay va Kosta-Rikaga qarshi maydonga tushadi. Biroq mazkur uchrashuvlar o'rtoqlik maqomida bo'lgani sababli, ularda futbolchilarning 1-raqamdan 11-raqamgacha bo'lgan futbolkalarda o'ynashi majburiy emas.

Keyinchalik 10-raqam "Komo" yarim himoyachisi Niko Pasga berilishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: TyC Sports