Messi: "1000 ta gol marrasi ortidan quvmayapman, shunchaki o'yinlardan zavq olmoqchiman"

Aslanov Jasurbek
2 noya 2026, 21:51
"Inter Mayami" va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi o'zining sermahsulligi haqida fikr bildirdi.

Sakkiz karra "Oltin to'p" sohibi 1000 ta goldan iborat tarixiy marraga yetishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ymaganini tan oldi.

"Yo'g'-e, jiddiymi? Yo'q, men hech narsaning ortidan quvmayapman. Bu kabi rekordlar meni aslida tashvishga solmasligini doim aytib kelganman. Shunchaki maydondagi jarayondan huzur qilishni va o'yinlardan zavq olishni xohlayman", - deya hujumchining so'zlarini keltiradi X ijtimoiy tarmog'idagi Som I Serem FCB resursi.

Eslatib o'tamiz, Lionel Messi 2023 yilning yozidan buyon Amerikaning "Inter Mayami" sharafini himoya qilib kelmoqda. Ayni paytda argentinalik yulduz hisobida 937 ta gol mavjud.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Som I Serem FCB