APLda o'tgan oyning eng yaxshi futbolchisi aniq!

Sherzod Nurmatov
7 noya 2025, 17:44
Kamerunlik vinger Brayan Mbeumo Angliya Premer-ligasining oktyabr oyidagi eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.

Bu ma'lumot liga matbuot xizmati tomonidan e'lon qilindi.

O'tgan oyda 26 yoshli Mbeumo APL 3 o'yinida 3 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi. U ligada 10 o'yinda maydonga tushib, 5 ta to'p kiritdi va 1 ta golli pas uzatdi.

Mbeumoning "Manchester Yunayted" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha amal qiladi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, vingerning narxi 70 million evroni tashkil qiladi.

"Manchester Yunayted" 8 noyabr kuni mehmonda "Tottenxem" bilan o'ynaydi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: premierleague.com