APL. Yozgi transfer oynasida 237 mln funt sarflagan “Tottenxem” ilk turda “Brentford”ga yirik hisobda mag'lub bo'ldi

22 avg 2026, 23:36
APL 1-tur doirasidagi “Brentford” - “Tottenxem” o'yini bo'lib o'tdi.

“Shporlar” "Brentford"ga safarda yirik hisobda mag'lub bo'lishdi - 0:3.

O'yinning 12-daqiqasida mezbonlar himoyachisi Kin Lyuis-Potter o'zini ko'rsatdi. 33-daqiqada yarim himoyachi Vitaliy Yanelt jamoasining ustunligini oshirdi, 49-daqiqada esa himoyachi Maykl Kayode yakuniy hisobni o'rnatdi.

Bu yozda "shporlar" yangi o'yinchilar uchun 237 million funt sarfladi: Sandro Tonali "Nyukasl"dan 100 mln funtga, Mateush Fernandesh - "Vest Xem"dan 85 mln, Jan-Pol van Xekke "Brayton"dan 52 mln. Shuningdek, jamoaga Markos Senesi, Endryu Robertson va Martin Dubravka bepul qo'shildi. Bundan tashqari, londonliklar "Manchester Siti"dan Savino va Omar Marmushni sotib olishga yaqin.

"Tottenxem” o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra APL turnir jadvalida 41 ochko jamg'arib, 17-o'rinni egalladi.



O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia