

Hujumchi joriy mavsumda "Al Ahli" safida Saudiya Arabistoni chempionatining to'qqizta o'yinida 12 ta gol urdi. U o'tgan mavsumda barcha musobaqalarda 41 ta gol urgan.
MYU vaziyatni kuzatib bormoqda, biroq klub futbolchini Angliyaga qaytishga ko'ndirishiga to'g'ri kelishi mumkin. Avvalroq Tounining o'zi Saudiya Arabistonidagi hayotidan to'liq mamnun ekanligini aytgan edi.



