APL. "Liverpul" "Manchester Yunayted"ga "Old Trafford"da javobsiz 5ta gol urdi, Salohdan xet-trik!

Sherzod Nurmatov
24 okt 2021
Angliya chempionati 9-turining markaziy uchrashuvi yakunlandi.

Manchester Yunayted – Liverpul 0:5

Gollar: Keyta (5, 0:1), Jota (14, 0:2), Saloh (37, 0:3), Saloh (45+4, 0:4), Saloh (49, 0:5).

Manchester Yunayted – De Xea, Uan-Bissaka, Maguayr, Lindelef, Shou, Fred, Brunu Fernandesh (Dalot, 62), Maktomini, Ronaldu, Reshford (Kavani, 62), Grinvud (Pogba, 46).

Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Konate, Robertson, Milner (Jons, 27), Xenderson, Keyta (Chemberleyn, 64), Firmino (Mane, 76), Salax, Diogu Jota.

Ogohlantirish: Shou (41), Ronaldu (45), Fred (45), Brunu Fernandesh (46), Uan-Bissaka (86).

Chetlatish: Pogba (59).

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! "Liverpul" "Manchester Yunayted"ni uyida atigi 5ta gol urdi.

90+2. Kertis Jons zarba berdi. Ammo Maguayr havfni bartaraf qildi.

90. "Liverpul" jarima zarbasiga ega bo'lib ham to'pni orqaga o'ynamoqda.

85. Chemberleynning zarbasi anchagina noaniq ketdi.

83. UXXXXXXX!!! Kavanining zarbasini to'sin qaytardi. Hattoki "Old Trafford" ham gol urilishini istamayapti.

80. Ikki tomon ham o'yinni yakunlash uchun o'ynamoqda.

76. Klopp ko'proq gol istamoqda. Mane maydonga tushdi.

74. Salohning pasi Firminoga mo'ljallangandi. Biroq Maktomini to'pni autga tepib yubordi.

71. ZARBAAAAAAA!! Trentning kuchli zarbasini De Xea qaytardi

69. "Liverpul" to'xtamayapti, hujumlar borgan sayin xavflilashmoqda. Bu o'yinda "Yunayted" 5tadan ko'p farq bilan yutqazsa kerak.

66. Tribunalarda faqatgina "Liverpul" muxlislari qolmoqda. Qolganlar esa uylariga tarqalmoqda.

64. Nabi Keyta og'ir jarohat olib, maydonni tark etdi. Uning o'rnini Oksleyd-Chemberleyn to'ldirdi.

62. Sulsher ikki o'zgarish qildi. Albatta, o'zining so'nggi o'yinida istaganini qilgisi kelmoqda)

VAR ishga tushdi. Pogba qizil olishi mumkin va oldi ham.

59. "Yunayted" yo'q joydan to'pni yo'qotib, Pogba fol ishlatdi va sariq kartochka oldi.

56. Salohning zarbasini jonli devor qaytardi. Burchak zarbasi bo'ladi endi.

55. "Liverpul" oltinchisini urish uchun zo'r imkoniyatga ega.

51. GOOOOOOOOOLLLLL!!! Ronaldu hisobni biroz bo'lsa-da, qisqartirdi. Offsayd bo'lishi ham mumkin bu erda.

49. GOOOOOOLLLL!!! Salohdan XET-TRIK!

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

TANAFFUS!

45+4. GOOOOOOOOOOOOLLLL!!! SALOOOOHHHH!!! DUBL!!

45. XAVFLI VAZIYATTTTT!!! Reshford chap qanotdan darvoza yonigacha yorib kirdi va pas berdi. Himoyachilar qaytarib yuborishdi.

43. "Yunayted"ni tanish qiyin bo'lmoqda. "Liverpul" esa juda ham kuchli o'ynayapti. Alam qiladigani, Toshkentda internet deyarli ishlamayapti)

37. GOOOOOLLLLLLL!!! Nabi Keytaning pasidan so'ng Saloh hisobni yirik ko'rinishga keltirmoqda!

33. Reshford hujumga o'tayotgandi. Offsaydda qolib ketdi.

31. Xendersonning zarbasi noaniq ketdi.

27. "Liverpul"da majburiy o'zgarish. Milner o'rniga Jons maydonga tushdi.

24. MYU hujumga o'tdi. Van-Bissakaning qanotdan oshirgan to'pini himoyachilar qaytarib yubordi.

14. GOOOOOOOOOOLLLL!!! Qanotdan oshirilgan to'pni Jota deyarli bo'sh qolgan darvozaga kiritdi!

11. Reshfordning zarbasi noaniq ketdi.

9. Salohning zarbasi noaniq ketdi.

7. ZARBAAAAA!! De Xea Firminoning zarbasini qaytardi!

5. GOOOOOOOOOOLLLLL!!!! Keyta birga-bir imkoniyatdan unumli foydalandi!

4. ZARBAAAAAAA!!!! BRUNU 100 foizlik imkoniyatdan foydalana olmadi....

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Demak, jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda!

- Hurmatli futbol ishqibozlari! Bugun "Old Trafford"da haqiqiy futbol oqshomi! "Manchester Yunayted" "Liverpul"ni qabul qiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia