APL. "Manchester Yunayted" o'z maydonida "Brentford"ni mag'lub etdi va kuchli uchlikka qaytdi

Aslanov Jasurbek
28 apr 2026, 01:55
Angliya Premer-ligasining 34-turi doirasida "Old Trafford" stadionida kechgan "Manchester Yunayted" hamda "Brentford" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi.

Qiziqarli kechgan bahsda "qizil iblislar" 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi.

Uchrashuvni lankashirlik Kris Kavana boshqarib bordi. Mezbonlar o'yinni juda faol boshlashdi va 11-daqiqadayoq Kazemiro hisobni ochib, mankunianliklarni oldinga olib chiqdi. Birinchi bo'lim yakunlanishi arafasida, 43-daqiqada Benyamin Sheshko oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Mehmonlar faqatgina o'yin yakunida, 87-daqiqada Matias Yensenning goli evaziga javob qaytara olishdi.

Ushbu muhim g'alabadan so'ng "Manchester Yunayted" o'z ochkolarini 61 taga etkazib, turnir jadvalining 3-pog'onasiga ko'tarilib oldi. "Brentford" esa 48 ochko bilan 9-o'rinda qolmoqda.

"Manchester Yunayted" - "Brentford" 2:1

Gollar: Kazemiro 11, Sheshko 43 - Yensen 87.

28 aprel, 00:00, "Old Trafford"

"Manchester Yunayted": Lammens, Dalot, Maguayr, Xeven, Shou, Kazemiro, Maynu, Diallo, Brunu Fernandesh (S), Mbeumo, Sheshko.

"Brentford": Kellexer, Kayode, van den Berg, Kollinz (S), Lyuis-Potter, Yarmolyuk, Yensen, Uattara, Damsgor, Shade, Tiago Igor.

APL JADVALI

_DSC6836.jpg


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia