Anvar G'ofurov: "Bugun omad biz tomonda bo'ldi"

Aslanov Jasurbek
3 avg 2026, 22:41
Superliga 15-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" – "Surxon" (0:1) uchrashuvidan keyin "Surxon" bosh murabbiyi Anvar G'ofurov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?
- Ikakala jamoaga ham ochko juda kerak edi, shu bois har ikki jamoa yaxshi o'yin ko'rsatdi deb o'ylayman. Bugun bizga omad kulib boqdi, shu bois g'alaba qozondik. Futbolchilarimiz ko'p mehnat va harakat qilishdi. To'g'ri, o'yinimiz juda zo'r emas, hali bu borada ko'p ishlashimiz kerak. Uzoq yo'l bosib kelgan jamoamiz muxlislariga alohida minnatdorchilik bildiraman.

- Gol urgan Richard Fraydeyni nima uchun almashtirdingiz?

- Har bir o'yinda futbolchilar bilan muloqot qilib turamiz. Ular o'zlarini qanday his qilayotganini so'raymiz. Fraydey ko'p mehnat qildi va biroz charchab qoldi. Biz esa hujumga yana qo'shishimiz kerak edi, chunki "Qo'qon-1912" goldan keyin faqat oldinga bordi va o'z navbatida bizga ham hujumda o'yinchi kerak bo'ldi. Shuni inobatga olib futbolchini zaxiraga oldik.

- Bilamiz, "Surxon"da ham boshqa klublar kabi moliyaviy muammolar etarli. Klub yaqinda ikki nafar futbolchi - Chinedu bilan Behruz Karimovni qo'yib yubordi. Ularning transferidan pul tushdimi? Shu haqda ma'lumot bersangiz.
- Bilishimcha, Behruzning kelajagini o'ylab shundoq qo'yib yuborildi. Yanayam anig'ini bilmayman. Boshqa futbolchilar ham safimizni tark etdi. Yoshlarga yo'l ochildi va hozir shular bilan ishlayapmiz. Chinedu ijaraga berildi va "Paxtakor" tomonidan qanchadir pul berilishi kerak. Lekin aniq summani bilmayman.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia