

“Chuqur tibbiy tekshiruvlar natijasiga ko'ra, jarohatni jarrohlik yo'li bilan davolash tavsiya etildi. Shu maqsadda futbolchimiz Finlandiyaning Turku shahriga yo'l oldi va bugun muvaffaqiyatli jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi.
Operaciya reja asosida muvaffaqiyatli yakunlandi. Shifokorlar tavsiyasiga ko'ra, Yovan endilikda reabilitaciya jarayonini boshlaydi. Rejaga muvofiq, u 2-3 oy davom etadigan tiklanish dasturidan so'ng jamoa mashg'ulotlariga qaytishi kutilmoqda”, – deyiladi xabarda.



