

Bu haqda “L'Equipe“ xabar berdi.
Makron telefon orqali muloqotda Infantinoga FIFA Forward Enterprise loyihasini qo'llab-quvvatlamasligini ma'lum qildi. Davlat rahbari “jahon futbolida jipslik zarurligi” va “xalqaro solidarlikni mustahkamlash” kerakligini eslatib o'tdi.
Manbaga ko'ra, Makron, shuningdek, Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) prezidenti Aleksander Cheferin bilan ham gaplashgan va ushbu masalada uni to'liq qo'llab-quvvatlashini bildirgan.
FIFA UEFA va boshqa futbol tashkilotlari tomonidan bildirilgan tanqidlardan so'ng o'z turnirlari huquqlarining bir qismini xususiy investorlarga sotish loyihasidan voz kechdi. Yuzaga kelgan vaziyat keyingi yilning mart oyida bo'lib o'tadigan saylovlar oldidan Infantinoga bo'lgan bosimni yanada oshirdi.



