

"Markaziy hujumchi harakat qilishi, o'yinda ishtirok etishi, pressing qilishi, o'z harakatlarini rang-barang qilishi kerak, u esa buni qilmayapti. U maydonda xuddi bobolardek sanqib yuribdi. Aynan shuning uchun Portugaliya musobaqadan chiqib ketdi. Krishtianu Ronaldu hech narsa qilgani yo'q. Umuman hech narsa. Portugaliya tarkibida bir nechta ajoyib futbolchilar bor, ular bu Jahon chempionati ular uchun vaqtni mutlaqo behuda sarflash bo'lganini his qilayotgan bo'lishsa kerak", - deya Sattonning so'zlarini keltirmoqda BBC.



