

JCH-2026 yulduziga Braziliya Seriya B'ning bir nechta klublari qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Fabricio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar tarqatdi.
Qayd etish lozimki, ayni damda Vozinya erkin agent maqomida bo'lib turibdi.
Bundan oldin Vozinya o'z faoliyati davomida Portugaliyaning "Shavish" va "Jil Visente", Slovakiyaning "Trenchin", Kiprning AEK Limasol, Ruminiyaning "Zimbru", Angolaning "Progresso" hamda vatani Kabo-Verdening bir nechta jamoalarida to'p surgan. Kabo-Verde terma jamoasi safinda darvozabon 92 ta o'yin o'tkazgan. U JCH-2026dagi yorqin o'yinlari tufayli juda mashhur bo'lib ketdi.



