Martines: "Ronaldu JCHda g'alaba qozonishni orzu qilardi, u juda harakat qildi. Krishtianu - ibrat namunasi"

7 iyul 2026, 08:16
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines Jahon chempionati-2026 1/8 finalida Ispaniyadan uchralgan mag'lubiyatdan (0:1) so'ng jamoa hujumchisi va sardori Krishtianu Ronaldu haqida o'z fikrini bildirdi.

"Faqat minnatdorchilik so'zlari, chunki u namunali sardor bo'ldi. Men Portugaliyaga katta noaniqliklar, Krishtianuning poziciyasi bo'yicha ko'plab shubhalar bo'lgan davrda keldim. Va men uchun u o'rnak bo'ldi. Nafaqat gollar borasida, vaholanki statistikaning o'zi hammasini aytib turibdi, balki golli uzatmalar borasida ham.

Uning kundalik fidoiyligi, futbol bilan yashashi. Krishtianu - ibrat namunasi. Biz uni ulug'lashimiz kerak. Unga o'xshaganlar ko'p emas. Men ushbu Jahon chempionatida qilishga uringan ishlari uchun undan bir umr minnatdor bo'laman. Uning orzusi g'alaba qozonish edi va u juda qattiq harakat qildi. Ronaldu maydonda ham, kiyinish xonasida ham aql bovar qilmas o'rnak ko'rsatdi. Butun jamoa bu xotirani abadiy saqlab qoladi", - deya Martinesning so'zlarini keltiradi Record nashri.

O'xshash yangiliklar


Manba: Record