

90+6-daqiqada Bernardu bosh bilan darvoza to'sinidan bir oz balandroq zarba berdi, shundan so'ng Rodri uning oldiga kelib, portugaliyalikni g'azablantiradigan gap aytdi.
"Bernardu bilan bog'liq vaziyatda nima bo'ldi? Bernardu bilan xatoga yo'l qo'ydim, va zarba yo'lladi, ammo gol ura olmadi. Shundan so'ng,u muvaffaqiyatsizlikka uchraganda men nishonlashni boshladim. Undan uzr so'radim", - deya Rodrining so'zlarini keltiradi AS nashri.
Rodri va Bernardu Silva "Manchester Siti"dagi sobiq jamoadoshlar hisoblanishadi. Portugaliyalik futbolchi "shaharliklar" safida 2017 yildan 2026 yilgacha o'ynagan. Shu yozda yarim himoyachi Madridning "Real" klubi futbolchisiga aylandi. Rodri esa ingliz klubida 2019 yildan beri to'p suradi.



