Ronaldu: "Mengacha Portugaliya hech narsa yutmagandi. Evro-2016 dagi g'alabani JCH darajasida qadrlayman"

7 iyul 2026, 07:40
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi va sardori Krishtianu Ronaldu milliy jamoaning Jahon chempionati-2026 dan chiqib ketgani haqida fikr bildirdi.

"Men Portugaliya bilan uchta sovrin yutdim. Krishtianugacha Portugaliya hech narsa yutmagandi. Men Evro-2016 da zafar quchganman - bu men uchun Jahon chempionati bilan bir xil ahamiyatga ega. Va ha, bu aniq mening so'nggi mundialim! Bunday tarzda chiqib ketish achinarli, lekin men bor kuchimni berdim, borlig'imni baxsh etdim - ertaga vijdonim pok holda uyg'onaman! Hayot davom etadi, yigitlar", - deya Ronalduning so'zlarini keltirmoqda X ijtimoiy tarmog'idagi The Touchline akkaunti.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Touchline