Ronaldu Jezushning Portugaliyaga yangi murabbiy bo'lishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

7 iyul 2026, 09:25
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi va sardori Krishtianu Ronaldu Jorje Jezushning milliy jamoa bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanishi mumkinligi haqidagi ma'lumotlarga izoh berdi.

"Jorje Jezush? Hozir terma jamoaga keyingi bo'lib kim kelishi haqida gapiradigan vaqt emas. Bu qarorni men qabul qilmayman. Uni Portugaliya futbol federatsiyasi prezidenti qabul qiladi. Hozir Martinesning o'rniga kim kelishi mavzusida gapiradigan vaqt emas", - deya Ronalduning so'zlarini keltiradi Record nashri.

Yakunlangan mavsum natijalariga ko'ra, Ronaldu va Jezush "Al Nascr" bilan Saudiya Arabistoni chempioni bo'lishgandi.

Eslatib o'tamiz, Roberto Martines Jahon chempionati-2026 1/8 finalida Ispaniyadan uchralgan mag'lubiyatdan (0:1) so'ng Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimidan ketishini e'lon qildi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Record