Garsiya AQSH ustidan qozonilgan 4:1 hisobidagi g'alaba haqida: "Biz Belgiya yirik futbol davlati ekanligini isbotladik"

7 iyul 2026, 11:55
Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Rudi Garsiya JCH-2026 1/8 finalida AQSH ustidan qozonilgan g'alabadan (4:1) keyin o'z fikrlarini bildirdi.

"Hozir Belgiyada tungi soat 4 va men uxlamay bizni kuzatgan barcha belgiyaliklarga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bugun siz o'z jamoangizdan faxrlansangiz arziydi.

Bugun biz Belgiya yirik futbol davlati ekanligini ko'rsatdik. Biz ajoyib o'yin namoyish etdik va o'z rejamizga amal qildik.

Ushbu uchrashuvga soya solgan yagona narsa - Onananing jarohati bo'ldi. U yerda aynan nima sodir bo'lganini bilmayman, lekin menimcha, bu jiddiy", - dedi Garsiya.

O'xshash yangiliklar


Manba: FIFA.com