

Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxel ma'lum qildi. Futbolchi terma jamoa yig'inida jarohat olgandi.
Stounz allaqachon "sherlar" lagerini tark etib, klubga yo'l olgan.

"Siti" terma jamoa shifokorlari bilan bog'lanib, bu haqda rasmiy bayonot berdi. Klubning xabariga ko'ra, bu Stounz uchun jiddiy jarohatdan ko'ra ko'proq profilaktik choradir.
Angliya terma jamoasi 6 sentyabr kuni Andorrani qabul qilsa, 9-kuni safarda serbiyaliklar bilan uchrashadi.



